Yordam
Tez-tez beriladigan savollar
Qanday yozuvlarni ögiriş mumkin?
Kiril va eski lotin (1995) yozuvidagi matn va hujjatlarni yangi 2026-yil lotin alifbosiga ögiriş mumkin.
Qaysi hujjat turlari qöllab-quvvatlanadi?
Word (.docx), Excel (.xlsx), oddiy matn (.txt), subtitr (.srt) va .csv fayllar. Hujjat öz formatida qaytariladi: Word — Word, Excel — Excel.
Hujjatim saqlanadimi?
Yöq. Hujjat serverda faqat xotirada ögiriladi, söng öçiriladi va jurnalga yozilmaydi. Yozilgan matn esa umuman serverga yuborilmaydi.
PDF faylni ögirsa böladimi?
Hozirça PDF qöllab-quvvatlanmaydi, çunki PDFʼdagi matn joylaşuvini buzmasdan almaştirib bölmaydi. Matnni nusxalab ögiruvçiga qöyişingiz yoki PDFʼni Wordʼga ötkazib yuklaşingiz mumkin.
Natijada xato körsam nima qilaman?
Yordam sahifasidagi şakl orqali xatoni yuboring. Lingvistlar körib çiqadi va istisno sözlar luğatiga qöşadi.
Xato topdingizmi?
Ögiriş natijasida xato körsangiz, şu yerga yuboring. Lingvistlar körib çiqadi.